locale OZ

KJCH. \"Yuventus\" \"Vidad\"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KJCH. "Yuventus" "Vidad"ni yirik hisobda mag'lub etdi
Photo: Getty Images

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati "G" guruhi 2-turidan o'rin olgan Turinlik "Yuventus" hamda Marokashning "Vidad" jamoalari o'rtasidagi o'yin nihoyasiga yetdi.

Unda "Yuventus" 4:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning 6-daqiqasida "Vidad" himoyachisi Abdulmunaim Butuy o'z darvozasini ishg'ol qilib, hisobni ochdi. 16-daqiqada yarim himoyachi Kenan Yildiz turinliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Tembinkosi Lorch marokashliklar uchun hisobni qisqartirdi. 69-daqiqada Yildiz dublni rasmiylashtirdi. 90+4-daqiqada Dushan Vlahovich penal'tini aniq amalga oshirib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi – 4:1.

KJCH. 2-tur

"Yuventus" 4:1 "Vidad"

Gollar: Butuy 6 (avtogol), Yildiz 16, 69, Vlahovich 90+4 – Lorch 25.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting