KŌJCh. \"Real\" gollarga boy o‘tgan o‘yinda \"Borussiya D\"ni mag‘lub etdi
Photo: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalidan o‘rin olgan "Real Madrid" – "Borussiya Dortmund" ishtirokidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
So‘nggi daqiqalar hujumlarga boy kechgan uchrashuvda "qirolicha klub" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ayniqsa, oxirgi daqiqalarda uchta gol urildi. Mbappe, Bayer va Girassi gol muallifi bo‘lishdi.
Endi Xabi Alonso jamoasi 9 iyul kuni yarim finalda “PSJ”ga qarshi maydonga chiqadi.
KŌJCh. Chorak final
“Real” 3:2 “Borussiya D”
5 iyul. Nyu-York. «Metlife stadion»
Gollar: Gonsalo Garsiya (10), Fran Garsiya (20), Mbappe (90+4) — Bayer (90+3), Girassi (90+8, penaltidan).
Bahrom Bobonov
Redaktor