KÓJCH. \"PSJ\" \"Real\"ni tor-mor etib, ikkinchi finalchiga aylandi
Photo: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalida "PSJ" va “Real” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.
O‘yin 6-daqiqasida “PSJ” yarim himoyachisi Fabian Ruiz hisobni ochdi. 9-daqiqada vinger Usmon Dembele dublga erishdi. 24-daqiqada Ruiz dubl qayd etdi. 87-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Gonsalo Ramush yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa, “PSJ” 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, finalga yo‘llanma oldi.
Endi parijliklar hal qiluvchi bahsda “Chelsi”ga qarshi maydonga tushadi.
KÓJCH. Yarim final
“PSJ” 4:0 “Chelsi”
Gollar: Ruiz 9, 24, Dembele 9, Ramush 87.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist