locale OZ

KŌJCh. \"Manchester City\" \"Yuventus\"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Husonov zaxirada qoldirildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KŌJCh. "Manchester City" "Yuventus"ni yirik hisobda mag'lub etdi, Husonov zaxirada qoldirildi
Photo: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-tur o‘yinlari davom etmoqda.

“Manchester City” klubi “Yuventus”ga qarshi guruh g‘olibligi uchun bahslashtilar.

Gollar shousida “shaharliklar” 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni 1-o‘rinda yakunladi. “Yuventus” esa 6 ochko to‘plagan holda 2-o‘rin bilan cheklandi.

Mazkur o‘yinda “City” safida Doku, Holand, Foden va Savinyo gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Kalyulu hisobiga yozildi. U avtogoli bilan inglizlarga yordam berdi.

Abduqodir Husonov “Yuve”ga qarshi zaxirada qoldi.

KŌJCh. 3-tur

“Yuventus” 2:5 “Manchester City”

Gollar: Kopmeyners 11, Vlahovich 84 – Doku 9, Kalyulu 26 (avtogol), Holand 52, Foden 69, Savinyo 76

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting