locale OZ

KÖJCH. \"Chelsi\" \"Palmeyras\"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'llanma oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KÖJCH. "Chelsi" "Palmeyras"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'llanma oldi
Photo: Getty Images

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati chorak finalida “Chelsi” klubi Braziliyaning “Palmeyras”iga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 16-daqiqasida “Chelsi” yarim himoyachisi Koul Palmerning aniq zarbasidan so‘ng hisobda oldinga chiqib oldi. 53-daqiqada esa braziliyaliklar hujumchisi Estevaoning o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi evaziga hisob tenglashdi. 83-daqiqada inglizlarga himoyachi Malo Gyustoning zarbasidan so‘ng "Palmeyras" darvozaboni Vevrtonning avtogoli g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, “Chelsi” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalda “Fluminense”ga qarshi maydonga tushadi.

KÖJCH. Chorak final
Palmeyras" 1:2 “Chelsi”
Gollar: Estevao (53) — Palmer (16), Vevrton (83, avtogol)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting