locale OZ

Kiran Trippyer faoliyatini Chempionship'da davom ettiradi

Himoyachi «Vulverxempton»ga oʻtmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kiran Trippyer faoliyatini Chempionship'da davom ettiradi
FOTO: Getty Images

Angliyalik taniqli himoyachi Kiran Trippyer erkin agent maqomida «Vulverxempton» klubi safiga borib qoʻshiladi. Bu haqda nufuzli Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Manbaning bildirishicha, futbolchi boʻlajak jamoasi bilan ikki mavsumga moʻljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Shuningdek, kelishuvda kontrakt muddatini yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud boʻladi. Kelasi haftada Trippyer taʼtildan qaytadi va rasmiy oʻtish oldidan tibbiy koʻrikdan oʻtadi.

Kiran Trippyer «Manchester Siti» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 35 yoshli himoyachi faoliyati davomida «Byornli», «Tottenhem», Madridning «Atletiko» hamda «Nyukasl» kabi qator mashhur klub sharafini himoya qilgan.

Eslatib oʻtamiz, ortda qolgan mavsum yakunlariga koʻra «Vulverxempton» Angliya Premyer-ligasini (APL) tark etib, Chempionshipga tushib ketgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting