Kir Starmer: «Jahon chempionati uchrashuvlarni oʻziga xos qiladigan haqiqiy muxlislar bilan aloqani yoʻqotmasligi lozim»
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer FIFA’dan 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar narxini ko‘pchilik muxlislar uchun yanada qulay qilishni so‘radi.
«FIFA’ning chipta narxlarini pasaytirish haqidagi qarorini olqishlayman. Ammo avval o‘zi ham chipta olish uchun pul jamg‘argan inson sifatida tashkilotni yana-da ko‘proq ish qilishga chaqiraman. Chiptalar haqiqatan ham ommabop bo‘lishi kerak, Jahon chempionati esa o‘yinni o‘ziga xos qiladigan haqiqiy muxlislar bilan aloqani yo‘qotmasligi lozim», — deb yozdi Starmer X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Yevropa futbol muxlislari assotsiatsiyasi FIFA’dan chiptalarning haddan tashqari qimmatligi sabab ularning savdosini to‘xtatishni talab qilgan edi. Shundan so‘ng ayrim chiptalar narxi bir necha o‘n barobarga arzonlashgani ma’lum bo‘ldi.