Kimmix: «PSJ»ga qarshi oʻyin haqiqiy futbolga koʻproq oʻxshardi»
«Bavariya» yarimhimoyachisi «Arsenal»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
«Bavariya» yarimhimoyachisi Joshua Kimmix jamoaning Chempionlar ligasida «Arsenal»ga (1:3) qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyatini mavsumdagi eng og‘ir uchrashuv deb hisoblamasligini tushuntirdi.
«Menimcha, biz uchun eng qiyin raqib — «PSJ» bo‘lgan. Ayniqsa, ularning futbol uslubi tufayli. «Arsenal» esa butunlay boshqacha jamoa. Ular ko‘proq standart vaziyatlarga tayanadi va uzun uzatmalarni yoqtirishadi.
«PSJ»ga qarshi o‘yin haqiqiy futbolga ko‘proq o‘xshardi. «Arsenal»ga qarshi bahsda esa futbolning o‘zi emas, balki o‘yinni boshqarish asosiy omil bo‘ldi», — dedi Kimmix.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida «PSJ»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist