Kimmix Germaniya terma jamoasi tarixiga kirdi
Yozua Germaniya milliy terma jamoasida 2016 yilda debyut qilgan.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Germaniya milliy terma jamoasi safida o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha eng yaxshi o'ntalikdan joy oldi.
Futbolchi Shveysariyaga qarshi o'rtoqlik bahsi (4:3) nemislar libosida 107-o'yinini o'tkazdi.
Shu tariqa, 31 yoshli futbolchi ushbu ko'rsatkich bilan Kimmix reytingda 10-o'ringa joylashdi. 9-pog'onada 108 ta bahs o'tkazgan Yurgen Klinsmann, 8-o'rinda 113 ta o'yin bilan Filipp Lam, 7-o'rinda esa 114 ta uchrashuv bilan Toni Kroos joylashgan.
Kimmix Germaniya milliy terma jamoasida 2016 yilda debyut qilgan. U hozirgacha 107 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol va 27 ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist