locale OZ

Kilian Mbappe «Real» shifokorlariga ishonmaydi va sogʻayib ketmaguncha maydonga qaytmoqchi emas — manba

Fransiyalik yulduz 2025 yilning dekabr oyidan buyon tizzasidagi bogʻlamlar choʻzilishidan aziyat chekmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe «Real» shifokorlariga ishonmaydi va sogʻayib ketmaguncha maydonga qaytmoqchi emas — manba
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Fransiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappe tizzasidagi jarohatni davolash jarayonida klub shifokorlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotdi. Footmercato va Cadena SER nashrlarining xabar berishicha, 27 yoshli hujumchi to‘liq tiklanmaguniga qadar maydonga tushmaslikka qaror qilgan.

Mbappe tizzasidagi bog‘lamlar cho‘zilishi bilan bog‘liq muammolar 2025 yilning dekabr oyidan buyon kuzatilmoqda. Klub tibbiy xizmati vaziyatni jiddiy emas deb hisoblab, konsertiv davolashni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, futbolchi ushbu yondashuvdan qoniqmagan. O‘z sog‘lig‘i ustidan nazoratni qo‘lga olish maqsadida, Kilian o‘tgan hafta klub ruxsati bilan Parijga yo‘l olib, fransiyalik mutaxassislar maslahatiga murojaat qildi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati va tibbiy shtabi futbolchining maydonga qaytishini kutayotgan bir paytda, Mbappe jarohatning qaytalanishidan xavotirda. Uning asosiy maqsadi — 2026 yil yozida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida eng yaxshi sport formasida ishtirok etish. Shu bois, Kilian xatarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xalqaro miqyosdagi eng yaxshi shifokorlar nazoratida bo‘lishni ma’qul ko‘rmoqda.

Kilian Mbappe joriy mavsum «Real» safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urishga va 6 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan. U 2024 yildan buyon «Qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Hozircha klub rasman Mbappening maydonga qaytish muddatlarini e’lon qilgani yo‘q, biroq futbolchi tez orada Fransiya terma jamoasi yig‘iniga borishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting