locale OZ

Kilian Mbappe MLSga oʻtishi mumkinligi haqida: «Devid Bekxem men bilan bu haqda gaplashib turadi»

Fransiyalik yulduz hozirda «Real» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe MLSga oʻtishi mumkinligi haqida: «Devid Bekxem men bilan bu haqda gaplashib turadi»
FOTO: Getty Images

Fransiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe kelajakda MLSga oʻtishi mumkinligi borasidagi imkoniyatlarni baholadi.

«Murabbiy boʻlish haqida oʻylamayapman, men shunchaki bu oʻyinni yaxshi koʻraman, uning mayda detallarigacha tushunishni va oʻrganishni yoqtiraman.

Qoʻshma Shtatlarda biznikidan farq qiladigan boshqacha madaniyat bor. Menga har doim maqsad va ambitsiyalar chegara bilmaydigan madaniyat yoqib kelgan. Faoliyatim yakunlanishidan oldin bu yerga kelamanmi? Ehtimol, bilmayman. Devid Bekxem men bilan bu haqda gaplashib turadi (jilmayib)», — deya Mbappening soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem MLSda ishtirok etuvchi «Inter Mayami» futbol klubining hammuassisi hisoblanadi.

Yakunlangan mavsumda Mbappe «Real» safida barcha turnirlarda 44 ta oʻyin oʻtkazib, 42 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting