locale OZ

Kilian Mbappe: «Markaziy himoyachi — eng oson, yarimhimoyachi — eng qiyin pozitsiya»

«Real» hujumchisi maydondagi eng oson va eng qiyin pozitsiyalar haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe: «Markaziy himoyachi — eng oson, yarimhimoyachi — eng qiyin pozitsiya»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe futbol maydonidagi eng oson va eng qiyin pozitsiyalar haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Menimcha, markaziy himoyachi bo‘lish — eng oson pozitsiya. Chunki seni har tomondan sheriklaring sug‘urtalab turadi, hatto uchta markaziy himoyachi bo‘lib o‘ynash ham mumkin. Bu 40 yoshli futbolchi Yevropaning eng yirik klublarida o‘ynay oladigan yagona pozitsiyadir. 40 yoshli hujumchilarni esa allaqachon "so‘yishga" (karyerasini tugatishga) jo‘natishadi.

Yarimhimoyachi — futboldagi eng qiyin pozitsiya. Hujumchisiz g‘alaba qozonish mumkin, himoyachisiz g‘alaba qozonish mumkin, darvozabonsiz ham g‘alaba qozonish mumkin, ammo yaxshi yarim himoyachisiz jamoangizda muvozanat bo‘lmaydi», — deya Mbappening so‘zlarini RMC Sport nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappening o‘zi joriy mavsumda La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting