Kilian Mbappe joriy mavsumda «Santyago Bernabeu»da maydonga tushmoqchi emas
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining joriy mavsumdagi qolgan uy uchrashuvlarida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi mavsum yakuniga qadar «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda qatnashishdan tiyilishni afzal ko‘rmoqda. Bunga muxlislar tomonidan unga nisbatan bildirilayotgan takroriy salbiy munosabat va hushtakbozliklar sabab bo‘lgan.
Fransiyalik forvard La Liganing 35-turi doirasida «Spotifay Kamp Nou»da o‘tgan «Barselona»ga qarshi bahsni (0:2) ham o‘tkazib yuborgan edi. Dastlab Mbappening 24 apreldan buyon jarohat sababli o‘ynamayotgani va «El Klasiko» oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulot yakunlanishiga besh daqiqa qolganida noqulaylik sezgani haqida xabar berilgandi. Biroq boshqa bir taxminga ko‘ra, Mbappe o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlashini bilgach, mashg‘ulotni tark etgan bo‘lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda Madrid klubi hujumchining jarohatdan so‘ng safga qaytish muddatlari bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emas.
Mavsum yakunida «Real»ni quyidagi uchrashuvlar kutmoqda:
- «Ovedo» bilan — 14 may (uyda);
- «Sevilya» bilan — 17 may (safar);
- «Atletik» bilan — 23 may (uyda).