Kilian Mbappe Jahon chempionatlari tarixida mutloq rekord o‘rnatdi
Fransiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe mundiallar tarixidagi 8 ta uchrashuvda g‘alaba to‘pini kiritgan ilk futbolchiga aylandi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda OptaJoe xabar bermoqda.
27 yoshli Mbappe JCh-2026 chorak finalidan o‘rin olgan Marokashga qarshi bahsda (2:0) hisobni ochib, jamoasiga g‘alaba taqdim etgan edi.
Ayni damda Kilian Mbappe JCh-2026 doirasida maydonga tushgan 6 ta uchrashuvida o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Maʼlumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘b o‘tmoqda. Musobaqaning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. “Albiseleste” 2022-yili Qatarda o‘tgan mundial finalida Fransiya jamoasini mag‘lub etib, bosh sovrinni qoʻlga kiritgandi (asosiy vaqt — 3:3, penaltilar seriyasi — 4:2).