locale OZ

Kili Gonsales – «Inter Mayami» bosh murabbiyi

«Inter Mayami» MLS chempionati jadvalida 39 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Kili Gonsales – «Inter Mayami» bosh murabbiyi
ФОТО: Getty images

«Inter Mayami» jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini ma’lum qildi.
Klub Kristian Alberto «Kili» Gonsales bilan kelishuvga erishilganini e’lon qildi. U jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanadi.

Yangi bosh murabbiy va uning shtabi yetib kelgunga qadar jamoani vaqtincha Gilyermo Oyos boshqarishda davom etadi.

«Inter Mayami» Oyosga alohida minnatdorlik bildirmoqchi. U aprel oyida boshlangan o‘tish davrida jamoani boshqarishga rozi bo‘lib, klub uchun qilgan mehnati va to‘liq fidoyiligini namoyish etdi», — deyiladi klubning rasmiy saytidagi bayonotda.

Ayni paytda «Inter Mayami» MLS chempionati jadvalida 39 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting