Keyn Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — The Athletic
"Bavariya" hujumchisi sifatida 2025/2026 yilgi mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.
Ushbu mavsumda ingliz hujumchisi Myunxen jamoasi safida barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 58 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu natija uning "Bavariya"dagi avvalgi ikki mavsumidagi ko'rsatkichlaridan ham yuqori bo'ldi.
"Garri Keynga mavjud barcha mukofotlarni berishingiz mumkin edi — faqat statistikaga qarab ham. 50 o'yinda 58 gol — bu hatto Messi va Ronalduning eng yuqori darajadagi yillarini ko'rganlar uchun ham hayratlanarli natija".
Hozirda "Bavariya" bilan Keynning shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning transfer bahosi 65 million yevroga teng.