Keyn Yevropa top-ligalarida xet-triklar soni bo‘yicha top-10da
Unda Bundesligada “Bavariya” uchun 67 uchrashuvda 9 ta xet-trik mavjud.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Germaniya chempionatining 4-tur uchrashuvida uchta gol urdi.
Natijada angliyalik forvard o‘z jamoasiga “Xoffenhaym”ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratishda yordam berdi.
Keyn hisobida Bundesligada “Bavariya” uchun 67 uchrashuvda 9 ta xet-trik mavjud. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u klub tarixida top-3 talikka kirdi va 310 o‘yin o‘tkazgan Karl-Xaynts Rummenigge bilan tenglashdi.
Keyndan yuqori o‘rinlarda Robert Levandovski (14) va Gerd Myuller (32 xet-trik) joylashgan.
U Yevropa top-5 ligalarida 17 ta xet-trik bilan eng yaxshilar top-10 taligiga kirdi va Luis Suaresni (16) ortda qoldirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist