Keyn YChL toʻpurarlari orasida kuchli 10 talikka kirib oldi
«Bavariya» hujumchisi «Real»ga qarshi oʻyinda bitta golga mualliflik qildi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn UEFA Chempionlar Ligasining chorak finalidan o‘rin olgan Madridning «Real»iga qarshi dastlabki bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, angliyalik futbolchining Yevropaning eng nufuzli klublar turniridagi gollari soni 67 ta uchrashuvda 51 taga yetdi. Keyn ushbu natijasi bilan har biri 50 tadan gol urgan Muhammad Saloh va Terri Anrini ortda qoldirdi. Bu muvaffaqiyat Harri Keynga Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yaqqol 10-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi.
Joriy mavsumda 32 yoshli Keyn barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol va 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist