locale OZ

Keyn Uelsga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Hujumchi tizzasida og‘riq sezgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn Uelsga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Uelsga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel ma’lum qildi.

“Harri Uelsga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. U "Bavariya"dagi so‘nggi o‘yinida tizzasida og‘riq sezgan. To‘pga zarba berish unga yanada og‘riqli bo‘ladi, shu sababli tavakkal qilishni istamadik. Shu sabab biz unga dam olish imkonini berdik. Ishonchim komil, u Latviya bilan o‘yinga tayyor bo‘ladi”, — dedi Tuxel.

Ma’lumot uchun, Angliya JCH-2026 saralash bosqichidagi navbatdagi o‘yinini 14 oktabr kuni Latviya qarshi o‘tkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting