locale OZ

Keyn: «Sovrinlar hech qachon osonlikcha qoʻlga kiritilmaydi»

«Bavariya» forvardi navbatdagi tituli haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: «Sovrinlar hech qachon osonlikcha qoʻlga kiritilmaydi»
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn jamoasining joriy mavsumdagi sovrinlar uchun kurashi haqida fikr bildirdi. Avvalroq angliyalik futbolchi myunxenliklarga o‘z tarixidagi 35-chempionlikni qo‘lga kiritishda yordam bergan edi.

«Men juda xursandman, jamoamizdan, murabbiylar, xodimlar va bir maqsad yo‘lida intilayotgan barchadan mamnunman. Albatta, bu mavsumda hali kurashadigan maqsadlarimiz borligi quvonarli holat.

Sovrinlar hech qachon osonlikcha qo‘lga kiritilmaydi. Ko‘pincha hamma bizdan har yili g‘oliblikni kutadi, ammo bu mashaqqatli mehnat va fidoyilikni talab qiladi. Endi biz chempionat, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasini yuqori notada yakunlashimiz kerak», — deya Keynning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting