Keyn: «Shartnomani uzaytirish bo‘yicha hech qanday havotir yo‘q»
Angliyalik futbolchi kelajagi haqida fikr bildirdi.
ФОТО: Getty images
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kutilayotgan muzokaralar haqida gapirdi.
«Joriy va kelasi haftada muzokara o‘tkazamiz. Bu ochiq muhokama bo‘ladi. Hech kim shoshilmayapti yoki havotirga tushmayapti. Hozir butun e’tiborimni jamoa va yangi mavsumga qaratganman. Shartnoma bo‘yicha muzokaralar jamoatchilikdan xoli tarzda olib boriladi. Aytishga arziydigan yangilik paydo bo‘lsa, barchasidan xabar topasiz», — dedi 33 yoshli hujumchi.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn 2023 yil iyul oyidan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist