locale OZ

Keyn: «Oltin to‘p»ni yutish eng katta orzuim»

Keyn joriy mavsum Bundesligada 6 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: «Oltin to‘p»ni yutish eng katta orzuim»
ФОТО: Getty images

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritish istagini bildirib o‘tdi.

"Men uchun "Oltin to‘p"ni yutish — juda katta orzu. Aslida bu jamoaviy sovrin, chunki uni odatda Chempionlar ligasi yoki Jahon chempionati g‘olibining eng yaxshi o‘yinchisi oladi.

Aytaylik, bu sovrinni qo‘lga kiritsam, bu ham individual, ham jamoaviy jihatdan ajoyib natijalarning samarasi bo‘lardi. Bu deyarli ideal mavsum bo‘lardi", — dedi Keyn.

Eslatib o‘tamiz, Keyn joriy mavsum Bundesligada 6 ta o‘yinda 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting