Keyn «Oltin to‘p» haqida: «73 ta gol o‘z-o‘zidan gapiradi»
Angliyalik futbolchi sovrin haqida fikr bildirdi.
ФОТО: Getty images
«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn «Oltin to‘p» sovrini uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Men hech qachon o‘zim haqimda ko‘p gapirishni yoqtirmaganman. Faqat shuni aytishim mumkinki, o‘tgan mavsum shaxsiy va jamoaviy jihatdan ajoyib o‘tdi. Bu, shubhasiz, hayotimdagi eng yaxshi mavsum bo‘ldi.
73 ta gol o‘z-o‘zidan gapiradi. Bu tarixdagi Messining 2011/12-yilgi mavsumidagi 82 ta golidan keyingi ikkinchi natija. Bundan juda faxrlanaman», — dedi Keyn MARCA nashriga.
Forvardning ta’kidlashicha, u «Oltin to‘p» uchun ovoz berish jarayoniga ta’sir qila olmaydi. Keyn o‘tgan mavsum endi tarixda qolganini va hozir butun e’tiborini yangi mavsumga qaratganini qayd etdi.