Keyn «MYU»ga o‘tishi mumkin
Harrining "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn kelajakda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Tottenxem" sobiq forvardi Alan Shirerning to‘purarlik rekordini yangilash uchun APLda yana kamida bir necha mavsum o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Futbolchi ortga qaytadigan bo‘lsa, “qizil iblislar” unga asosiy xaridorga aylanadi.
O‘z navbatida nemis klubi ham uni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Harri Keynning "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Iyul oyida Myunxenliklar hujumkor yetakchisi 32 yoshni qarshi oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist