locale OZ

Keyn Messi va Ronalduning natijasini takrorlashni maqsad qilgan

Garri faoliyati davomida ikki marta Yevropa milliy chempionatlarida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.
Keyn Messi va Ronalduning natijasini takrorlashni maqsad qilgan
ФОТО: Getty images

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu erishgan natijani takrorlash istagi haqida gapirdi.

Keyn faoliyati davomida ikki marta Yevropa milliy chempionatlarida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan. Agar angliyalik futbolchi yana bir bor «Oltin butsа»ni qo‘lga kiritsa, Messi va Ronaldu qatoriga qo‘shiladi. Hozircha ulardan boshqa hech bir futbolchi ushbu sovrinni uch marta qo‘lga kiritmagan.

«Messi va Ronaldu butun bir avlod davomida futbolda hukmronlik qilishdi. Ular tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri. Ular bilan bir ro‘yxatda bo‘lishning o‘ziga xos ahamiyati bor. Bu mening maqsadlarimdan biri.

Hujumchidan doimo gollar kutiladi. Albatta, «Oltin butsa» mening yagona maqsadim emas. Ammo agar uni qo‘lga kiritsam, jamoamga ham yordam bergan bo‘laman», — dedi Keyn MARCA nashriga.

Yangi mavsumda Keyn barcha turnirlarda oltita uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting