Keyn jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan beshligiga kirdi
Harri hisobida 14 ta gol bor.
ФОТО: Getty images
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi besh nafar to'purar qatoridan joy oldi.
JCh-2026 1/8 finalida Meksikaga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirgan Keyn mundiallardagi gollari sonini 14 taga yetkazdi.
Shu tariqa, u afsonaviy germaniyalik hujumchi Gerd Myullerni quvib yetdi va jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri sifatida u bilan birgalikda beshinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlar:
Lionel Messi — 20 gol;
Kilian Mbappe — 19 gol;
Miroslav Kloze — 16 gol;
Ronaldo — 15 gol;
Harri Keyn — 14 gol;
Gerd Myuller — 14 gol.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist