locale OZ

Keyn Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi
Photo: Getty Images

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn 2024-25 yilgi Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Angliya terma jamoasining 31 yoshli hujumchisi "Bavariya" tarkibida chempionlikni qo‘lga kiritdi — bu uning faoliyatidagi birinchi sovrin bo‘ldi. Harri, shuningdek, ketma-ket ikkinchi yil Bundesliganing eng samarali to‘purari bo‘ldi — u 31 o‘yinda 26 ta gol urib, 8 ta golli uzatma berdi. U "gol+pas" tizimi bo‘yicha ham yetakchi hisoblanadi.

Keyn bu mavsumda "Bavariya" safida asosiy tarkibda maydonga tushganida, myunxenliklar 22 marta g‘alaba qozonib, 6 marta durang o‘ynagan va mag‘lubiyatga uchramagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting