locale OZ

Keyn Bundesligadagi 100-golini turnir tarixida eng tez urgan futbolchi bo‘ldi

100 ta gol urish uchun futbolchiga 98 ta o‘yin kifoya qildi.
Kane Bundesligadagi 100-golini turnir tarixida eng tez urgan futbolchi bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Bundesligadagi 100-golini urdi va ushbu natijaga turnir tarixida boshqalardan ko‘ra tezroq erishdi.

33 yoshli angliyalik hujumchi bu natijani Bundesliganing 4-turida «Union»ga qarshi uchrashuvda qayd etdi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida o‘tkazilgan bahsda Keyn 39-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

100 ta gol urish uchun futbolchiga 98 ta o‘yin kifoya qildi. Shu tariqa, Keyn Bundesligada 100 gollik marraga eng tez yetgan futbolchiga aylandi.

Uchrashuv «Bavariya»ning 7:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyn bahsda dubl qayd etdi.

Bundesligadagi to‘rtta turdan so‘ng «Bavariya» 10 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. «Union» esa bir ochko bilan 16-pog‘onada.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting