locale OZ

Keyn — Bundesligada sentabrning eng yaxshi futbolchisi

Keyn 3 o‘yinda 7 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn — Bundesligada sentabrning eng yaxshi futbolchisi
ФОТО: Getty images

Harri Keyn Bundesligada sentabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Bavariya hujumchisi o‘tgan oyda Germaniya chempionatida 3 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.

Umuman olganda, 32 yoshli ingliz bu mavsumda Bundesligada 6 ta bahsda 11 bor to‘p kiritdi va yaqqol to‘purarlik peshqadami bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda jamoadoshi Luis Dias bormoqda — 5 ta gol.

Myunxen klubi turnir jadvalida ham yaqqol peshqadam.

Hujumchi Angliya terma jamoasining Uelsga qarshi o‘rtoqlik bahsini jarohat sabab o‘tkazib yuborgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting