Keyn Bundesliga tarixiga kirdi
Harri 2023 yilning yozidan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilmoqda.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” klubi Bundesliganing 6-turida safarda “Ayntraxt” bilan bahs olib borib, yakunda yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hujumchi Harri Keyn darvozasini ishg‘ol qildi.
Opta ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik forvard Bundesliga tarixiga kirdi. U musobaqa tarixida ilk bor dastlabki olti turda 11 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi sifatida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, Keyn 2023 yilning yozidan buyon “Bavariya” sharafini himoya qilmoqda. Myunxen klubi Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist