locale OZ

Keyn: «Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi kechalardan biri bo‘ldi»

Angliyalik hujumchi bellashuvda xet-trikka erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: «Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi kechalardan biri bo‘ldi»
ФОТО: Getty images

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn Germaniya Kubogi 2025/2026 mavsumi finalidagi g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Hal qiluvchi uchrashuvda myunxenliklar “Shtutgart”ni 3:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi. Ushbu o‘yinda futbolchi xet-trik qayd etdi.

“Bu mening faoliyatimdagi eng yaxshi kechalardan biri bo‘ldi, shubhasiz. Hammasi juda ajoyib o‘tdi, finaldan katta hayajondaman. Ilgari bu klub bilan finalda qatnashgan futbolchilardan Germaniya Kubogi finali haqida ko‘p eshitganman. Jamoa va muxlislar men bilan faxrlanishini istadim. Finalda xet-trik qilish — bu juda alohida tuyg‘u. Bundan beqiyos faxrlanaman. Bu uzoq va qiyin mavsum bo‘ldi. Uni shunday tarzda yakunlash — ideal”, — dedi Keyn.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting