Keyn: «Bu men uchun unutilmas yil boʻldi»
«Bavariya» hujumchisi oʻtgan yilni sarhisob qildi.
FOTO: Getty Images
Germaniyaning «Bavariya» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn 2025 yil yakunlari bo‘yicha fikr bildirdi hamda kelgusi yilga oid rejalarini ma’lum qildi.
«Bu men hech qachon unutmaydigan alohida yil bo‘ldi. Yana bir ulkan yilga tayyorman!» — deb yozdi Keyn.
Ma’lumki, 2025 yil yozida Harri Keyn «Bavariya» bilan Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu 32 yoshli futbolchining professional faoliyatidagi ilk sovrini bo‘ldi. Keyinchalik angliyalik hujumchi klub bilan birga Germaniya Superkubogini ham yutdi.
Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist