locale OZ

Keyn: «Bu mavsumdagi ilk magʻlubiyatimiz, lekin vahima qilishga hojat yoʻq»

«Bavariya» hujumchisi «Arsenal»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: «Bu mavsumdagi ilk magʻlubiyatimiz, lekin vahima qilishga hojat yoʻq»
FOTO: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan o‘yinda (1:3) qayd etilgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

«Bu og‘ir o‘yin bo‘ldi, aslida shuni kutgandik ham. Birinchi bo‘limda kurash yaxshi kechdi, o‘yin deyarli teng edi. Ikkinchi taymda esa avvalgi energiya va bosim yetishmadi, juda ko‘p kurashlarda yutqazdik. Bu mavsumdagi ilk mag‘lubiyatimiz. Buning uchun vahimaga hojat yo‘q, ammo xulosalar chiqaramiz.

Ular birinchi toʻp uchun kurashda ham, ikkinchi to‘p uchun kurashda ham ustun bo‘lishdi. Standart vaziyatlar — bu borada ularning xavfli ekanini bilardik. Ishonchim komilki, biz yana Chempionlar ligasining keyingi bosqichlarida «Arsenal» bilan to‘qnash kelamiz. Ular deyarli butun maydon bo‘ylab pressing qo‘llashdi. Aytganimdek, hozir vahima qilish vaqti emas. Biz safarda «Chelsi», «PSJ» va «Arsenal»ga qarshi o‘ynadik. Shunga qaramay, aksariyat o‘yinlarda g‘alaba qozondik», — dedi Keyn.

Ayni paytda «Arsenal» 15 ochko bilan Chempionlar ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa yaqin ta’qibchilari — «PSJ», «Bavariya», «Inter» va «Real»ni uch ochkoga ortda qoldirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting