Keyn birinchi, Saloh oltinchi, Ronaldu va Messi o‘nlikda yoʻq — 30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi
Transfermarkt portali qiziqarli maʼlumotni taqdim etdi.
FOTO: Getty Images
Nufuzli Transfermarkt internet-portali 30 yoshdan oshgan eng qimmat 10 nafar futbolchi reytingini yangiladi. Ushbu ro‘yxatda Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi, 32 yoshli Harri Keyn yetakchilik qildi — uning bozor qiymati 65 mln yevroga baholangan.
Ikkinchi o‘rinda Keynning jamoadoshi, 30 yoshli germaniyalik yarimhimoyachi Yozua Kimmix (40 mln yevro), uchinchi pog‘onada esa «Manchester Yunayted» futbolchisi, 31 yoshli portugaliyalik Brunu Fernandesh (40 mln yevro) joy oldi.
30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar TOP-10:
- Harri Keyn («Bavariya», 32 yosh) — 65 mln yevro
- Yozua Kimmix («Bavariya», 30 yosh) — 40 mln yevro
- Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», 31 yosh) — 40 mln yevro
- David Raya («Arsenal», 30 yosh) — 35 mln yevro
- Markinyos («PSJ», 31 yosh) — 30 mln yevro
- Muhammad Saloh («Liverpul», 33 yosh) — 30 mln yevro
- Andre Zambo Angissa («Napoli», 30 yosh) — 27 mln yevro
- Bernardu Silva («Manchester Siti», 31 yosh) — 27 mln yevro
- Joau Palinya («Tottenhem», 30 yosh) — 25 mln yevro
- Jek Grilish («Everton», 30 yosh) — 25 mln yevro
Qayd etish joiz, futbol tarixining afsonalari — portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (12 mln yevro) va argentinalik Lionel Messi (15 mln yevro) ushbu reytingdan joy olmadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist