locale OZ

Keyn: \"Birinchi o'yindagi xatodan keyin uhlay olmadim. \"Inter\" to'sig'idan o'tishimizga ishonchim komil\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: "Birinchi o'yindagi xatodan keyin uhlay olmadim. "Inter" to'sig'idan o'tishimizga ishonchim komil"
PHOTO: Telegram

"Bavariya Myunxen" hujumchisi Harri Keyn Yevropa chempionlar ligasi yarim final javob o'yinidan avval San Sirodagi matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yndan keyin uhlay olmadim, ayniqsa imkoniyatlarni qo'ldan boy berganim uchun, lekin vaziyat yarata olmasang havotirga tushish mumkin. Vaziyatlar yaratib, undan gol urib foydalanaman deb kutyapman, men tayyorman.

Menimcha, nima bo'lishidan qat'iy nazar yetarlicha motivatsiyaga egamiz. Garchand birinchi bahsda natijaga erisha olmagan bo'lsakda, bu safar buni uddalay olamiz. Raqib bizdan jang kutadi, biz o'tkan safargidan ko'ra yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Myunxendagi final hushtagidan keyin ham biz yaxshi o'ynadik degan fikrda bo'ldik va javob o'yinida hammasini to'g'rilay olishga ishondik. Bir necha finallarda o'ynaganman va bizning barcha chiziqlarimizda juda ham tajribali o'yinchilar jamlangan. To'p urar bo'lishga e'tibor qaratmayapman. Jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilyapman. Yagona havotirim uchrashuvlar faqat men bilan bog'liq emas, balki butun jamoa bilan bog'liqligi. Maydonda borimni berib, o'z darajamni ko'rsatish xohlayman. Ertaga "jang" bo'ladi, buni sabrsizlik bilan kutyapman",-deydi Keyn

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting