Keyn birinchi, Mbappe ikkinchi, Yamal toʻrtinchi: «Oltin toʻp» uchun daʼvogarlar reytingi yangilandi
Goal nashri eng nufuzli individual sovrin uchun kurashayotgan futbolchilar top-10 ligini eʼlon qildi.
FOTO: Getty Images
Joriy mavsum o‘z nihoyasiga yetib borayotgani munosabati bilan nufuzli Goal portali 2026 yildagi «Oltin to‘p» sovrini uchun asosiy da’vogarlar reytingini yangiladi.
Ushbu ro‘yxatda «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn asosiy favorit sifatida qayd etilgan. Ikkinchi pog‘onadan Madridning «Real» klubi forvardi Kilian Mbappe joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni myunxenliklarning yana bir vakili — vinger Maykl Olise yakunlab bergan.
Goal talqiniga ko‘ra 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun asosiy 10 nafar da’vogar:
- Harri Keyn («Bavariya»)
- Kilian Mbappe («Real» Madrid)
- Maykl Olise («Bavariya»)
- Lamin Yamal («Barselona»)
- Luis Dias («Bavariya»)
- Erling Holand («Manchester Siti»)
- Xulian Alvares («Atletiko» Madrid)
- Deklan Rays («Arsenal»)
- Vitinya («PSJ»)
- Vinisius Junior («Real» Madrid)
Nasrullo Karimov
Jurnalist