locale OZ

Keyn «Bavariya» bilan uchinchi sovrinini qo'lga kiritdi

Harri ketma-ket ikkinchi bor Germaniya chempioniga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn «Bavariya» bilan uchinchi sovrinini qo'lga kiritdi
ФОТО: Getty images

Harri Keyn "Bavariya" safida yana bir sovrinni qo'lga kiritdi. Myunxen klubi Bundesliga 30-turi doirasida "Shtutgart"ni (4:2) mag'lub etib, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.

Shu tariqa, Keyn ketma-ket ikkinchi bor Germaniya chempioniga aylandi. Bundan avval u "Bavariya" bilan Superkubokni ham qo'lga kiritgan edi.

Qayd etish joiz, bu 32 yoshli hujumchining faoliyatidagi uchinchi sovrin bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Keyn avval "Tottenhem" va Angliya milliy jamoasi safida to'p tepgan davrida kattalar darajasida birorta ham sovrin yuta olmagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting