locale OZ

Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib turdi — Plettenberg

Tomonlar o‘rtasida 2029 yilgacha hamkorlik qilish yuzasidan dastlabki aloqalar allaqachon bo‘lib o‘tgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib turdi — Plettenberg
ФОТО: Getty images

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn klub bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, futbolchi e'tiborini jahon chempionatiga qaratgan. Yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar turnirdan so‘ng qayta boshlanishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, tomonlar o‘rtasida 2029 yilgacha hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki aloqalar allaqachon bo‘lib o‘tgan.

Shuningdek, Keyn boshqa klublar bilan muzokaralar olib bormayotgani va "Bavariya"da qolish niyatida ekani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Keyn Myunxen klubida 2023 yilning yozidan buyon to‘p surmoqda. Amaldagi kelishuv 2027 yilda yakuniga yetadi.

O‘tgan mavsumda Harri Keyn nemis jamoasi safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 61 ta gol urdi va yettita golli uzatmani qayd etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting