locale OZ

Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Angliyalik futbolchi 2023-yilda «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan.
Keyn «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi hujumchi Harri Keyn bilan shartnomani 2029-yil yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini yakunlamoqda.

Qayd etilishicha, Keyn va uning oilasi Myunxendagi hayotdan mamnun. Angliyalik futbolchi 2023-yilda «Tottenhem»dan «Bavariya»ga o‘tgan. Bu vaqt davomida u klub safida barcha turnirlar doirasida 156 ta uchrashuvda 154 ta gol urgan.

U 2025/26-yilgi mavsumda Bundesligada 31 ta o‘yinda 36 ta, Chempionlar ligasida esa 13 ta uchrashuvda 14 ta gol muallifi bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting