locale OZ

Keyn «Barselona»ga o'tmaydi

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn «Barselona»ga o'tmaydi
ФОТО: Getty images

Harri Keyn joriy yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tmaydi. Bu haqda insayder Reshad Rahman ijtimoiy tarmoqda ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar Keynning "Bavariya"dagi faoliyatidan to'liq mamnun ekani haqida xabar olgan. Shuningdek, ingliz hujumchisi yaqin vaqt ichida myunxenliklar bilan shartnomasini uzaytirishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Keyn "Bavariya" safiga 2023 yil yozida kelib qo'shilgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

2025/26 yilgi mavsumda Angliya terma jamoasi sardori "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda ishtirok etib, 61 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi jahon futbolidagi eng samarali futbolchilardan biri bo'lib qolmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting