locale OZ

Keyn: «Albatta, maqsadimiz – Jahon chempionatida g‘alaba qozonish»

Keyn milliy jamoaning 2026-yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: «Albatta, maqsadimiz – Jahon chempionatida g‘alaba qozonish»
ФОТО: Getty images

Myunxenning “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn milliy jamoaning 2026-yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi.

“Albatta, maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Buning qiyin bo‘lishini bilamiz, lekin so‘nggi yillarda yirik turnirda g‘alaba qozonishga yaqin keldik: biz ikki marta Yevropa chempionati finalida, jahon chempionatining yarim finali va chorak finalida o‘ynadik… Bu yil bizda yangi murabbiy bo‘ladi”, – deya Keynning so‘zlarini keltiradi L'Équipe.

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022-yilgi jahon birinchiligi finalida Argentina terma jamoasi Fransiyaga qarshi maydonga tushgan. O‘yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar kuchliroq chiqdi (4:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting