locale OZ

Keyn: «Agar Chempionlar Ligasi yoki Jahon chempionatini yutmasam, «Oltin toʻp»ni qoʻlga kirita olmayman»

«Bavariya» hujumchisi nufuzli sovrin uchun kurash haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keyn: «Agar Chempionlar Ligasi yoki Jahon chempionatini yutmasam, «Oltin toʻp»ni qoʻlga kirita olmayman»
FOTO: Getty Images

«Bavariya» va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn joriy mavsum «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

«Men bu mavsum 100 ta gol urishim mumkin, ammo agar Chempionlar Ligasi yoki Jahon chempionatini yutmasam, ehtimol «Oltin to‘p»ni ham qo‘lga kiritolmayman. Holandda ham, boshqa futbolchilarning barchasida ham shunday. Asosiy narsa — yirik sovrinlarni qo‘lga kiritish.

«Bavariya»dagi joriy mavsumimizga qarab aytsam, juda yaxshi formadaman. Chempionlar Ligasining asosiy favoritlaridan birimiz. Bu, ehtimol, imkoniyatlarimni biroz oshiradi. Xuddi shunday vaziyat Angliya milliy jamoasida ham bor. O‘ylaymanki, biz turnirga favoritlardan biri sifatida kirib boramiz», — deya Keynning so‘zlarini Reuters.

Maʼlumot uchun, Harri Keyn joriy mavsum «Bavariya» safida barcha turnirlar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. Angliya milliy jamoasida esa u 2026 yilgi Jahon chempionati saralashida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting