locale OZ

Kevin De Bryuyne yangi klubini tanladi. Belgiyalik yarim himoyachisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kevin De Bryuyne yangi klubini tanladi. Belgiya yarim himoyachisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin
Rasm: gettyimages.com

"Manchester City" klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne "Napoli" jamoasiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda italiyalik mashhur jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokaralar bo‘lib o‘tgan va ular davomida 33 yoshli belgiya futbolchisi oilasi bilan birga Neapolga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirgan. Biroq ushbu transfer faqat "Napoli" futbolchining moliyaviy talablarini qondirsa amalga oshadi. Yakuniy qarorni klub prezidenti Aurelio De Laurentiis qabul qiladi.

Shuningdek, De Bryuyne agar "Napoli"ga o‘tish amalga oshmasa, Italiya A Seriyasida faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan boshqa variantlarga ham ega ekani aytilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting