locale OZ

Kevin De Bryuyne MLS klublari qiziqish doirasiga tushdi

Belgiyalik futbolchi faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kevin De Bryuyne MLS klublari qiziqish doirasiga tushdi
FOTO: Getty Images

«Napoli»ning hujumkor yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin: MLSning bir nechta klubi 34 yoshli belgiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira xabar berdi.

De Bryuynening «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, unda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish opsiyasi ham mavjud. Biroq o‘yinchi o‘z kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Yarim himoyachi 2025 yilda «Manchester Siti»dan erkin agent maqomida «Napoli» safiga kelib qo‘shilgan edi.

Yakunlangan mavsumda u neapolliklar safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Kevin De Bryuynening ayni paytdagi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting