locale OZ

Kevin De Bruyne: «Luka Modrich — so‘nggi 20 yillikning eng yaxshilaridan biri»

«Napoli» yarimhimoyachisi «Milan»ga qarshi oʻyin oldidan Modrich haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kevin De Bruyne: «Luka Modrich — so‘nggi 20 yillikning eng yaxshilaridan biri»
FOTO: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan «Milan»ga qarshi bahs oldidan raqib jamoa xavbeki Luka Modrich haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv dushanba, 6 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

«U yuqori darajadagi futbolchi. Men uni juda yaxshi taniyman, maydonda ko‘p bor to‘qnash kelganmiz, suhbatlashganmiz. Men uchun u barcha davrlarning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri: albatta, men turli avlodlarni o‘zaro solishtira olmayman, lekin u so‘nggi 20 yillikning eng zo‘rlaridan biri ekanligi shubhasiz.

O‘ylashimcha, Xorvatiya terma jamoasi va «Real»ga qarshi bahslarda u bilan kamida 20 marta to‘qnash kelganman. Hozir u «Milan»da o‘ynamoqda. Men uchun Luka — fantastik futbolchi va ajoyib inson. Shuningdek, uning namunali oilasi bor», — dedi De Bryuyne.

2025/2026 yilgi mavsumda «Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich barcha turnirlar doirasida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni damda A Seriya turnir jadvalida «Napoli» 62 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Milan» esa 63 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Ligada 69 ochko jamg‘argan «Inter» yakka peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting