locale OZ

Kevin De Brayn \"Manchester City\"da qolishni istagan, ammo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kevin De Brayn "Manchester City"da qolishni istagan, ammo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
Kevin De Brayn "Manchester City"da qolishni istagan, ammo faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin

ESPN ma'lumotiga ko'ra, "Manchester City"ning 33 yoshli belgiya yarim himoyachisi Kevin De Brayn klub bilan amaldagi shartlar asosida shartnomani uzaytirishga tayyor edi. Lekin tomonlar o'zaro kelishuvga erisha olishmadi.

De Brayn yuqori darajada o'ynashga hali ham qodir ekanligiga ishonadi va hozirda u AQShning MLS ligasiga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bundan tashqari, belgiya futbolchisining agenti Saudiya Arabistonining yetakchi klublari vakillari bilan muzokaralar o'tkazgani ham xabar qilindi. Eslatib o'tamiz, joriy yil 4-aprel kuni De Brayn mavsum yakunlanishi bilan "Manchester City"ni tark etishini ma'lum qilgan edi.

Bu mavsumda u "City" safida barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta samarali pasni amalga oshirdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting