locale OZ

Kertis Jons “Inter”ga transferini yakunlash uchun Milanga yetib keldi

24 yoshli angliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shundan so‘ng Italiya klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kertis Jons “Inter”ga transferini yakunlash uchun Milanga yetib keldi
Foto: Getty Images

“Liverpul” yarim himoyachisi Kertis Jons “Inter”ga o‘tishini yakunlash uchun Milanga yetib keldi. Jurnalist Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli angliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shundan so‘ng Italiya klubi bilan shartnoma imzolaydi.

“Inter” Jons transferi uchun “Liverpul”ga 30 million yevro to‘laydi, yana 5 million yevro bonuslar ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, mersisaydliklar futbolchi kelajakda boshqa klubga sotilsa, transfer summasining 10 foizini oladi. Jons bilan 2031-yilgacha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Angliyalik yarim himoyachi “Liverpul” akademiyasida tarbiya topgan va klub tizimida 16 yil faoliyat yuritgan. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Jons 22-avgust kuni “San-Siro” stadioniga kelib, “Inter”ning A Seriya 1-turida “Monza”ga qarshi uchrashuvini tribunadan kuzatishi kutilmoqda. Transfermarkt uning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting