locale OZ

Kerrik: «Oson o‘yin boʻlmadi, biroz hozir natijalar ayniqsa muhim boʻlgan mavsum pallasidamiz»

«MYU» bosh murabbiyi «Brentford» ustidan qozonilgan gʻalaba haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kerrik: «Oson o‘yin boʻlmadi, biroz hozir natijalar ayniqsa muhim boʻlgan mavsum pallasidamiz»
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premyer-ligasining 34-turi doirasida «Brentford»ga (2:1) qarshi kechgan uchrashuv natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘yin vaqti-vaqti bilan ochiq xarakterga ega bo‘ldi. Biz bahsni fantastik darajada boshladik: o‘yin tizginini nazorat qildik va uni g‘alabagacha yetkazib qo‘yishimiz kerak edi. Bugun oqshom bizga oson bo‘lmadi, biroq hozir natijalar ayniqsa muhim bo‘lgan mavsum pallasidamiz.

Kazemiro jamoa uchun bir nechta muhim gollarni kiritdi. Brunu, Garri va Kazemiro o‘rtasida ajoyib o‘zaro tushunish mavjud. Biz o‘yinni tezkor boshlash, xavfli va kreativ harakat qilishni maqsad qilgandik — buni uddaladik. Tanaffusga qadar qulay holatga ega bo‘lib olgandik.

Tanaffusdagi o‘zgarishdan so‘ng o‘yin nazoratini davom ettirdik va ancha ishonchli hamda mustahkam ko‘rindik. Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, lekin o‘ylashimcha, ayrim vaziyatlarda nazoratni yaxshiroq ushlashimiz kerak edi. Yigitlar g‘alabani saqlab qolish uchun katta tajriba namoyish etishdi.

Ushbu uch ochko biz uchun juda muhim: «Lids» bilan o‘yindan so‘ng qo‘lga kiritilgan ikkinchi g‘alaba — ajoyib natija. Chempionlar Ligasiga qaytish o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q: muayyan bosqichlarda biz favorit hisoblanmasdik. Hozirda yaxshi holatdamiz va kurashni davom ettirish uchun turnir jadvalida imkon qadar yuqori pog‘onada yakunlamoqchimiz», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi BBC.

APLning 34-turidan so‘ng «Manchester Yunayted» 61 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog‘onasida bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting