locale OZ

Kerrik «MYU»ga sobiq shogirdini olib kelmoqchi

Mankunianliklar yakungan mavsumda APLda uchinchi oʻrinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kerrik «MYU»ga sobiq shogirdini olib kelmoqchi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Midlsbro» yarimhimoyachisi Xeyden Xakni bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi bilan muqaddam ushbu jamoada birga ishlagan va hozirda «qizil iblislar»ni boshqarayotgan Maykl Kerrik ushbu transferning asosiy tashabbuskori hisoblanadi. Bu haqda Northern Echo nashri xabar bermoqda.

Ortda qolgan mavsumda Xeyden Xakni barcha turnirlarda jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Transfermarkt portali berayotgan maʼlumotlarga koʻra, oʻyinchining ayni paytdagi bozor qiymati 32 million yevroni tashkil qiladi. Uning «Midlsbro» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, yakunlangan mavsum natijalariga koʻra «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting