locale OZ

Kerrik Kunyaning nima uchun «Brentford»ga qarshi oʻynamasligini tushuntirdi

Hozirda «MYU» APL turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kerrik Kunyaning nima uchun «Brentford»ga qarshi oʻynamasligini tushuntirdi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan «Brentford»ga qarshi o‘yin qaydnomasida hujumchi Mateus Kunyaning nima sababdan yo‘qligiga izoh berdi.

«Mateusning «Chelsi» bilan o‘yindan so‘ng son qismini bukuvchi mushaklarida biroz og‘riq bor edi. Shu haftada uning tezroq tiklanishi uchun imkoniyatlar bo‘lgandi, biroq u o‘z vaqtida optimal holatga qayta olmadi. Hech qanday jiddiy jarohat yo‘q, shunchaki bugungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi», — dedi Kerrik.

Ayni damda «Manchester Yunayted» 58 ochko bilan Angliya yuqori divizioni turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Brentford» esa 48 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting